Rus tili FIFAning rasmiy tiliga aylanishi mumkin

Оқил Абдубарноев
25 mar 2022
Manbaning xabariga ko'ra, FIFA (Xalqaro futbol federatsiyasi) rus tilini asosiy tilga aylantirish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Manbaning xabar berishicha, bu taklif FIFAning bo'lajak kongressida ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, tashkilot portugal va arab tillari variantini ham muhokama qiladi.

Ayni paytda, nizomga ko'ra, FIFAning rasmiy tillari ingliz, francuz va nemis tillari hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Équipe