Runining shedevr goli "DS Yunayted"ga Nanining "Orlando"si ustidan g'alaba keltirdi

Tolibjon Qosimov
27 iyun 2019
Yevropa top-chempionatlari tatilga chiqqan bir pallada AQSHda jamoalar chempionlik uchun kurashni avjiga chiqarishmoqda.

Bugun tongda (Toshkent vaqti bilan) MLS 17-turi doirasida Ueyn Runi yetakchiligidagi "DS Yunayted" klubi Nani boshchiligidagi "Orlando Siti"ni qabul qildi. Uchrashuv taqdirini Ueyn Runining 10-daqiqada kiritgan shedevr goli hal qildi. O'sha vaziyatda "Orlando"ning ikki o'yinchisi kutilmaganda to'pni Runiga tashlab berishdi. "Shrek" esa to'pga birinchi tegishni o'zidayoq maydon markaziga ham borib o'tirmay bo'sh qoldirilgan darvozani nishonga oldi. Oldinga chiqib ketgan "Orlando" kiperi Brayn Rou esa joyiga qaytishga ulgurmadi.

Ushbu g'alabadan so'ng "DS Yunayted" 30 ochko bilan Sharqiy konferenciya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda va pley-offga chiqish imkoniyatini saqlab turibdi.

MLS

Sharqiy konferenciya

17-tur, 27.06.2019

"DS Yunayted" - "Orlando Siti" 1:0

Gol: Ueyn Runi 10


Video

TAS-IX



TAS-IX emas


Ueyn Runi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.


Ayni paytda Runi MLS joriy mavsumida 9ta gol bilan to'purarlar poygasida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Undan oldinda Karlos Vela ("Los Anjeles") 16ta, Zlatan Ibragimovich ("Los Anjeles Gelaksi") 11ta va Jozef Martines ("Atlanta Yunayted") 10ta gol bilan borishmoqda.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia