MLS. Runi murabbiy sifatida “Di Si Yunayted”dagi debyutida jamoasi chiroyli kambek qildi

Eldor Akmurzayev
1 avg 2022, 09:00
MLS Sharqiy Konferenciyasi navbatdagi turida “Di Si Yunayted” o'z maydonida kuchli beshlikda borayotgan “Orlando Siti”ni qabul qildi.

Uchrashuvda hisob mehmonlar a'zosi Junior Urso tomonidan 9-daqiqadayoq ochildi. Mezbonlar esa asosiy bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Kris Durkin (90+1) va Taksiarxis Funtasning (90+5) gollari evaziga irodali tarzda 3 ochkoga ega chiqdi. Bu Ueyn Runi uchun yangi jamoasidagi debyutidagi chiroyli g'alaba bo'ldi. 

“Di Si Yunayted” 21 o'yindan keyin musobaqa jadvalida 21 ochko bilan ausayder (14-o'rin) bo'lib turibdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia