Runi va Vardining rafiqalari o'rtasidagi janjal sudda davom etadi

Mirjalol Normatov
11 may 2020
Ueyn Runining rafiqasi Kolin va Jeymi Vartining rafiqasi Rebekka o'rtasidagi janjal sudda davom etadi.

Bundan bir necha oy muqaddam Kolin o'zining shaxsiy ma'lumotlarini Rebekka xalqqa ma'lum qilayotgani borasida ayblov qo'ygandi. Biroq Rebekka buni inkor qilgandi.

"The Sun" xabariga ko'ra, futbolchilarning rafiqalari so'nggi bir necha oy davomida ko'p bora suhbatlashishgan, biroq yuristlar uni kelishtira olishmagan. Endi yaqin vaqtlarda bu sudda davom etadi.

Kolin Runi va Rebekka Vardi bunga qadar yaqin dugona bo'lishgandi. Ammo endi ular bunday bo'la olishmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun