Runi MLS "qiroli". Ueyn so'nggi o'rindagi "DS Yunayted"ni pley-offga olib chiqdi + FOTO

Tolibjon Qosimov
22 okt 2018, 13:22
MLS navbatdagi turi doirasidagi bellashuvlar yakunlandi.

Ueyn Runi to'p tepayotgan "Di Si Yunayted" o'z maydonida David Vilyasi bor "Nyu York Siti"ni qabul qildi. Qiziqarli va gollarga boy o'tgan bahsda Runining dubli jamoasiga 3:1 hisobidagi g'alabani taqdim etdi. Shu tariqa, "DS Yunayted" MLS pley-off bellashuvlarida ishtirok etishni kafolatlab qo'ydi.


Ma'lumot uchun, Ueyn Runi jamoaga kelgan paytda "DS Yunayted" turnir jadvalining so'nggi pog'onasida borayotgan edi. Hozir esa pley-offga yo'llanma naqd qilindi. Runi MLSda jami 19ta o'yin o'tkazdi va 12ta gol urib, 6ta golli pas berdi. 32 yoshli ingliz oxirgi 6 o'yinda 8ta gol urdi.

"DS Yunayted" Runi kelguniga qadar:

G'alaba: 2ta
Durang: 7
Mag'lubiyat: 5
To'plar nisbati: -6

"DS Yunayted" Runi kelganidan so'ng:

G'alaba: 12ta
Durang: 4
Mag'lubiyat: 3
To'plar nisbati: +18


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia