Runi "Manchester Yunayted"ning APL chempioni bo'lishini taxmin qildi

Aziz Tukhtamuradov
22 yanv 2021
"Derbi Kaunti" bosh murabbiyi, MYUning sobiq futbolchisi Ueyn Runi APL uchun o'z taxminini bildirdi.

"So'nggi bir necha yilda "Manchester Yunayted" bosh sovrin uchun kurashga tayyor emasdi. Endi esa klubga chempionlik ruxiga ega Brunu Fernandesh va Kavani kabi o'yinchilar kelib qo'shildi. Bu jamoaga juda yaxshi yordam berdi. 

Endi esa jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Olti hafta oldin ofisda murabbiylarga bu yil "Manchester Yunayted" APL chempioni bo'lishi mumkinligi haqida aytgandim. Bugungi kunda ham buni sezib turibman. 

Pogba esa bunda muhim rol o'ynaydi. G'alaba ruxiga ega o'yinchilar Pogbaga bo'lgan bosimni biroz pasaytirishdi, endi u maydonda o'z mahoratini ko'rsata olishi mumkin", - dedi Runi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Guardian