Runi “Everton”ga o'tish uchun maoshi kamayishiga ham qarshi emas

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2017
“Manchester Yunayted” hujumchisi Ueyn Runi “Everton”ga qaytmoqchi.

U mersisaydliklar safiga o'tish uchun haftasiga 250 ming funtni tashkil etuvchi maoshining pasaytirilishiga ham rozi.

Runing “MYU” bilan shartnomasi ikki yildan keyin nihoyasiga etadi. 31 yoshli futbolchi 2004 yili aynan “Everton”dan “Manchester Yunayted”ga transfer qilingan edi.

Runining “Everton”ga o'tishi masalasi manikunianliklarning Romelu Lukakuning sotib olishlari borasidagi transfer muzokaralari jarayonida ko'rib chiqilmoqda.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports