

"Bu "Manchester Yunayted" emas. Men bu futbol klubini tanimayapman.
Men o'yinchilar kurashayotganini umuman ko'rmayapman. Men hech qanday xarakter ko'rmayapman. G'alaba qozonish istagi yo'q, hech qanday qobiliyat mavjud emas. Uchrashuvda g'alaba qozonish salohiyatiga ega futbolchilarni ko'rmayapman. Meni hech narsa hayratda qoldirmayapti.
"Yunayted" ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozona olmaganini eslay olmayman. Menimcha, klub egalaridan aniq va ravshan xabar bo'lishi kerak. Bu xoh Gleyzerlardag bo'lsin, xoh Retkliffdan. Bu klub qaerga qarab ketayotgani haqida tushuncha berilishi kerak. Chunki hozir hammamiz uning qulash vaqtini kutib o'tiribmiz", – dedi Runi.
Ma'lumot o'rnida, "Manchester Yunayted" 6 o'yindan so'ng 7 ochko to'plab, musobaqa jadvalida 14-o'rindabormoqda.



