Rummenigge: “YCHL sovrini bilan uxlaganim yo'q, uni Levandovski va boshqa yigitlarga qoldirdim”
Eldor Akmurzayev
1 sen 2020, 21:25
Myunxenliklar boshqaruv kengashi rahbari Karl-Xaync Rummenigge hujumchi Robert Levandovskining YCHL tituli bilan tushgan noodatiy rasmiga munosabat bildirdi.
“Yo'q, Chempionlar Ligasi kubogi bilan uxlamaganman. Men uni Robert Levandovski va boshqa yigitlarga topshirdim. 64 yoshda yaxshi dam olish uchun sizga to'shagingizda ko'proq joy zarur bo'ladi”, deya hazil tariqasida gapirgan Rummenigge.