Ruganining agenti himoyachining qay tariqa koronavirusga chalingani haqida gapirdi

Alisher
25 mar 2020
Daniele Ruganining agenti Davide Torchia mijozining holati haqida gapirdi.

Futbolchi mashg'ulotlarga qaytgan. Rugani A Seriyada koronavirusga chalingan ilk o'yinchi bo'ldi.

"Tafsilotlarga berilishni xohlamayman. U bilan hozir hammasi yaxshi. Unda dastlab hamma belgilar bo'lmagan, faqatgina isitmasi bo'lgan. Hozir uyda mashg'ulot olib bormoqda. U juda mas'uliyatli inson bo'lib kelgan", - deydi Torchia.

Ruganidan so'ng "Yuventus"da Blez Matyuidi va Paulo Dibalalar ham koronavirusga chalingani ma'lum bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Radio Marte