Rudi Garsiya: Marsel uyaladigan ish qilgani yo'q

Narzulla Saydullayev
17 may 2018, 09:25
Marsel ustozi Rudi Garsiya Yevropa ligasi finalida Atletikoga qarshi o'yindan so'ng (0:3) o'z fikrlarini bildirdi.

Biz birinchi taymda imkoniyatlarni boy berdik. Gol urish uchun ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadik, keyin esa golga sabab bo'lga xatoni amalga oshirdik.

Atletikoga qarshi bahsda hisobda ortda qolish juda og'ir. Raqib ikkinchi taymda yanada kuchaydi.

Atletiko – ajoyib jamoa. Biz uyaladigan ish qilmadik.

Dimitri kuchli futbolchi bo'lgani uchun ilk daqiqalardan maydonga tushirgandim. U standart vaziyatlarda bizga yetishmadi, – deydi murabbiy.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com