Rudi Garsiya: "Chempionlik uchun kurash tugadi"

Tolibjon Qosimov
10 mar 2014, 10:51
Kecha "Napoli"ga mag'lub bo'lgan "Roma" klubi ustozi Rudi Garsiya chempionlik kurashi tugaganini ma'lum qildi.
"Biz ajoyib jamoaga qarshi o'ynadik. Xarakter va matonat ko'rsatdik, natija nohaq bo'ldi deb hisoblayman. Bugun kuchli jamoa har doim ham g'olib bo'lavermasligini ko'rdik.

Mag'lubiyatdan so'ng chempionlik uchun kurashni to'xtatdik. "Yuventus"ga yetib olish mumkin, lekin buni amalga oshirish juda qiyin. Ikkinchi o'rin? Agar shunday o'ynashda davom etsak bu o'rinni saqlab qolamiz", - deydi Garsiya Football Italia nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net