Rud van Nistelroy: "Kelajakda MYU bosh murabbiyi bo'lishni istayman"

Mirjalol Normatov
9 noya 2024
"Manchester Yunayted"ni vaqtinchalik boshqargan Rud van Nistelroy kelajakda jamoada to'laqonli bosh murabbiy bo'lishni istamoqda.

"Albatta, bosh murabbiy bo'lishni xohlayman. "Yunayted"ga yordamchi murabbiy sifatida kelishimdan oldinroq bu haqda o'ylab ko'rganman. Bu borada menda etarlicha ambiciyalar bor edi. Shu sababli klub bilan ikki yillik shartnoma imzolaganman.

So'nggi uch oy ichida futbolchilar bilan ko'p vaqtimni o'tkazdim va ularning futbolchi va inson sifatidagi shaxsiyatini bilib oldim. Ularga qanday yordam berish, rivojlantirish yo'llarini bilaman. Aynan shunday holat menga qattiq yordam berdi. Futbolchilar bilan birgalikda nimalargadir erishishni istayman va bu bog'liqlik meni yaxshi qo'llab-quvvatlamoqda.

Umid qilamanki, kelajagimni qurish ishtiyoqi kuchlilik qiladi. Hozircha ikki mavsum davomida yordamchi murabbiy sifatidagi qarorimni qo'llab-quvvatlayman.

Bu to'rt o'yin mening hech qanday hissiyotlarimni o'ldirgani yo'q. Vaqtinchalik murabbiylikdan keyingi maqsadimni aytganman", - dedi van Nistelroy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail