Rubin Xebay yodingizdami? U o'z klubi bilan Saudiya Arabistoni oliy ligasiga chiqdi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2024, 20:31
O'tgan mavsum "Andijon" safida ko'plab gollar urgan albaniyalik hujumchi Rubin Xebay yodingizdami?

U qishda Saudiya Arabistoni birinchi ligasi ishtirokchisi "Al Oruba" klubiga ko'chib o'tgandi. Xebay yangi klubi safida 12 ta o'yinda maydonga tushib 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Al Oruba" chempionatda 2-o'rinni egalladi va oliy ligaga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Shuningdek, "Al Qodisiya" va "Al Holud" klublari ham yangi mavsum Saudiya Arabistoni oliy ligasida o'ynaydigan bo'ldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia