"Rubin" o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma tuzganini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2023, 22:06
Rossiyaning "Rubin" klubi himoyachi Rustamjon Ashurmatov bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilindi.

So'nggi mavsum Superligada "Navbahor" sharafini himoya qilgan Ashurmatov Tatariston klubi bilan 3,5 yillik bitim imzoladi. 26 yoshli himoyachi yangi jamoasida 5 raqam ostida to'p tepadi.


Oldinroq, Umarali Rahmonaliev ham "Rubin" safida ekanligi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia