Ruben Xebay: "Hozir bor e'tiborim "Andijon"ning oldindagi 2ta o'yiniga qaratilgan"

Iskandarov Abdulaziz
23 iyun 2023
So'nggi paytlarda "Andijon" jamoasidagi moliyaviy muammolar legionerlarining klubdagi faoliyatiga ta’siri haqida ma'lum qilayotgan edik

Bu borada kashfiyot bo'lib turgan albaniyalik hujumchi Ruben Xebayning qisqacha fikrlarini tingladik. 

"Albatta, "Buxoro" bilan o'yinda maydonga tushishga tayyorman. Klub rahbarlari pullarni to'lashdi. Bor e'tiborimizni bo'lajak o'yinga qaratganmiz. Umid qilamanki, bugun yaxshi natijaga erishamiz. 

Takliflar? Hozir bor e'tiborim "Andijon"ning oldindagi 2ta o'yiniga qaratilgan. Birinchi davradan so'ng takliflar bo'lsa gaplashishim mumkin. Ammo hozircha takliflar yo'q",- deydi Ruben Xebay.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia