RPL. Asabiy va gollarga boy o'tgan bahsda “Rostov” mag'lub bo'ldi, Normann hamda Karpinga qizil ko'rsatildi

Eldor Akmurzayev
4 okt 2020
Rossiya chempionati 10-turidan o'rin olgan “Sochi” – “Rostov” bellashuvi yakunlandi va unda mezbonlar 4:2 hisobida zafar quchishdi.

Maydon egalari safida Anton Zabolotniy dublga erishga bo'lsa, qolgan gollarni Nikita Burmistrov va Artur Yusupov urishdi. Donliklar tarkibida Aleksey Ionov va Dmitriy Poloz javob to'pini kiritdi.

Mazkur bellashuv asabiy va qo'polliklarga boy o'tdi. Jumladan 64-daqiqada Matias Normann 2-sariqni olib maydonni tark etdi. Uchrashuv yakunlangach esa “Rostov” ustozi Valeriy Karpin bosh hakam Evgeniy Turbin bilan tortishgani uchun qizil oldi. Karpin o'yin davomida ham shu kabi harakati uchun ogohlantirilgandi.

Sochi – Rostov 4:2 (1:0, 3:2)

Olimpiyskiy stadion Fisht

Gollar: 1:0 – 19 Burmistrov, 1:1 – 62 Ionov, 2:1 – 66 Yusupov, 2:2 – 74 Poloz, 3:2 – 78 Zabolotnyy, 4:2 – 84 Zabolotnyy.

Sochi – Janaev, Mammana, Margasov, Mevlya, Miladinovich, Noboa, Joaozino (Prucev, 72), Burmistrov (Nemchenko, 90), Yusupov, Nabiullin, Zabolotnyy.

Rostov – Pesyakov, Chistyakov (Obuxov, 46), Osipenko, Kozlov (Dolgov, 82), Xadjikadunich, Normann, Ionov (Mamaev, 81), Xasimoto, Bayramyan, Chernov, Poloz (Logashov, 76).

Ogohlantirishlar: Normann (33), Xadjikadunich (36), Kozlov (48), Osipenko (56), Poloz (59), Noboa (63), Dolgov (90).

Chetlatish: Normann (63).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia