Ro'ziqul Berdiev: “Muammolar tufayli o'yinchilarimiz jamoani tark etish istagida”

Narzulla Saydullayev
27 may 2018, 00:12
“Buxoro” - “Nasaf” (1:0) uchrashuvi nihoyasiga etgach, o'yin yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumanida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev va Aziz G'aniev ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Bugun o'zimizga xos o'yin namoyish qildik, to'pga ko'proq egalik qilgan bo'lsakda, mag'lubiyatga uchradik. Biz bilar edik “Buxoro” jamoasi qanotlarda ko'proq hujum uyushtiradi. Bugun ham shunday vaziyatda gol urishdi. Himoyachilarimiz biroz diqqatini yo'qotdi natijada darvozamizdan gol qo'yib yubordik. Umuman olganda jamoamiz qoniqarli o'yin ko'rsatdi, ammo natija qoniqarli bo'lmadi.

Jamoamizni kuchaytirish haqida o'ylayotganimiz yo'q. Mavjud muammolar tufayli, ko'p o'yinchilarimiz safimizni tark etish istagida bo'lmoqda. Biz ko'proq ularni olib qolish -jamoamizni saqlab qolish haqida o'ylayapmiz.

Jamoamizda ishtiyoq yo'qolgandir. O'yinimizda mazmun boru, ammo ijobiy natija uchun kurashishda ishtiyoq yetishmayapti.  Ammo vaziyatdan chiqishimiz kerak. Bugungi o'yinimizni ko'rgan muxlislar, o'yinchilarimizni harakat qilishmadi deb, ayta olishmaydi. Chunki, harakat qildik, ammo bugun omadimiz ham yetishmadi. Jamoamizga ishonamiz, Buni yuzaga chiqarishimiz kerak. takidlaganlaringizdek salohiyatimiz etarli.

“Buxoro” yaxshi jamoa sifatida shakllangan. Tajribali va yetakchi o'yinchilar etarli. jamlangan. Bu orqali kerakli natijalarga erishmoqda.

Aziz G'aniev: - Bugungi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Ammo harakat qilganimiz bilan g'alabaga erisha olmadik. Bizga omad ham yetishmadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz