Ro'ziqul Berdiev: "Hozirgi holatimizda "Al Shabab"ga qarshilik ko'rsatishga tayyor emasdik"

Оқил Абдубарноев
20 fev 2023, 01:32
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Al Shabab"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

"Hozirgi holatimizda Al Shababga qarshilik ko'rsatishga tayyor emasdik. O'yin og'ir o'tishini bilardik. Shunga qaramasdan hisob 0:1 bo'lgan vaziyatda golli imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib bugun g'alabaga haqli edi", dedi qarshiliklar bosh murabbiyi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Nasaf" arab jamoasiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ПФЛ