Ro'zimboy Ahmedov “Navbahor” a'zosiga aylandi, Pirimov ketdi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2017
Mavsumlar oralig'ida "Navbahor" safiga qo'shilgan futbolchilar bilan shartnoma imzolash ishlari davom etmoqda.

Toshkentdagi dastlabki yig'in yakuniga etgach, hujumchi Ro'zimboy Ahmedov bilan ham shartnoma imzolandi. Faoliyati davomida “Navbahor” sharafini himoya qilishga ulgurgan hujumchi 2017 yilgi mavsumni ham aynan jamoa a'zosi sifatida o'tkazadigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar “Navbahor” bilan Jahongir Mehmonov, Mirzohid G'ofurov, G'iyos Komilov ham shartnoma imzolashgandi. Tez orada qolgan futbolchilar bilan ham shartnomalarni imzolanishi ko'zda tutilgan.

Jamoaning Toshkentda tashkil etilgan mashg'ulotlarida qatnashgan yarim himoyachi Zohir Pirimov bilan esa xayrlashildi. Bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov Pirimovga javob berilganligini ma'lum qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz