Roy Kin: “MYU futbolchilarini “Men qanday ko'rinishdaman? Soch turmagim qanaqa?”, degan savollar ko'proq tashvishlantirmoqda”

Eldor Akmurzayev
7 mar 2022
“Manchester Yunayted” sobiq sardori Roy Kin “qizil iblislar”ning “Man Siti”ga (1:4) uchralgan mag'lubiyati haqida keskin fikr bildirdi.

“Kiyinish xonasini kim boshqaradi? Yigitlarni “Men qanday ko'rinishdaman? Soch turmagim qanaqa? Butsalarim yaxshimi?”, degan savollar ko'proq tashvishga solayotganga o'xshaydi.

MYU ishqibozlari jamoaga qarab, ular kurashamayotganini ko'rishmoqda. Buning uchun hech qanday bahona yo'q.

Shu kunlarda etirozli tvitlar ko'payishiga shubha qilmayman. Bu menga qiziq emas. Eng asosiy nimalarga qodirligingni maydonda ko'rsatishing kerak”, deydi Kin.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports