Roy Kin: "Liverpul" yoki "Arsenal" mavsumni "Manchester Siti"dan yuqorida yakunlaydi deb o'ylamayman"

Sherzod Nurmatov
7 fev 2024
Roy Kin APL chempionligi uchun kurash natijasini bashorat qildi.

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasi natijasini taxmin qilib ko'rdi.

"Hozir "Liverpul" yoki "Arsenal" mavsumni "Manchester Siti"dan yuqorida yakunlaydi deb o'ylamayman. Avvalroq men noto'g'ri fikrda ekanligimni isbotlab berishgandi, ammo De Bryuyne va Holand safga qaytgach, "Siti" qayerda ketayotganiga bir qarang. Men bu ikki jamoaning "Manchester Siti"ni ortda qoldirishiga ishonmayman", – dedi Kin.

Ayni damda "Liverpul" 51 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Arsenal" va "Manchester Siti" esa 2 ochko ortda qolmoqda. Shu bilan birga, "shaharliklar"da 1 ta zaxira o'yini mavjud.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports