Roy Kin futbol tarixidagi eng yaxshi 3 futbolchini sanadi

Mirjalol Normatov
13 okt 2022, 00:34
Roy Kin o'z fikriga ko'ra futbol tarixidagi eng yaxshi 3 futbolchini sanab o'tdi.

Avvaliga u Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi va Terri Anri variantlarini tanlagandi.

"To'g'risi, APLdagi uch futbolchi deb o'ylabman. Agarda futbol tarixidagi eng yaxshilari bo'lsa bu yerda Maradona, Ronaldu va Zidan bo'lishi shart.

Zidan ajoyib futbolchi edi, unga qarshi o'ynash baxtiga muyassar bo'lganimdan xursandman. Katta turnirlarda chiroyli gollar urgan. Uni unutib ketishning iloji yo'q", - dedi Kin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal