"Rostov"da faqat Bayramyanda koronavirus belgilari kuzatilgan

Alisher
18 iyun 2020
"Rostov" yarim himoyachisi Xoren Bayramyanda koronavirus belgilari kuzatilgan.

COVID-19 aniqlangan barcha klub o'yinchilaridan faqatgina 28 yoshli xavbekda kasallik belgilari kuzatilgan, jumladan isitma chiqishi.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi ota-onasi (ularda ham koronavirus aniqlangan)ning oldinga borganida kasallikni yuqtirgan bo'lishi mumkin.

"Rostov"da koronavirusga chalingan futbolchilar soni sakkizta. Klub karantinga yuborilgan.

RPLning 23-turi doirasidagi "Sochi" - "Rostov" o'yini ertaga bo'lib o'tishi belgilangan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com