"Rostov" yaponiyalik futbolchini tarkibdan chetlatdi

Xabaringiz bor, "Rostov" jamoasi 2020 yilning yozida "Tokio" jamoasi yarim himoyachisi Kento Xashimotoni xarid qilgan edi.

Yaponiyalik futbolchi bugungi kunga qadar rus klubi safida 13 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urishga ulgurgan. Ayni paytda Xashimoto jarohatini davolash bilan band. "Rostov" yarim himoyachini xorijlik futbolchilar cheklovi bilan bog'liq texnik sabablarga ko'ra RPL uchun qaydnomadan chiqarib tashlagan.


Manba: