"Rostov" xavbeki Matias Normann kimni RPLning eng kuchli futbolchisi deb hisoblashini aytdi

Alisher
13 may 2020, 18:46
"Rostov" yarim himoyachisi Matias Normannga kimni Rossiya Premer-ligasidagi eng kuchli futbolchi deb hisoblashi borasida savol berishdi.

Norvegiyalik futbolchi "Zenit" hujumchisi Artyom Dzyubaga e'tibor qaratdi.

"Bu Dzyuba. U haqiqatdan ham kuchli. Unga qarshi o'ynash qiyin bo'ladimi? Yo'q, menga bu juda ham yoqadi. Bu haqiqiy jang. Maydonda kuchli o'yinchilar bilan uchrashishni xohlayman", - deydi Normann.

Artyom Dzyuba joriy mavsum RPL doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 10ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: sport24.ru