"Rostov" "Sochi" bilan qayta o'ynashi mumkin (Sport24)

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2020
"Rostov" RPLning 23-turidan o'rin olgan "Sochi" ga qarshi o'yin natijasiga (1:10) ta’sir ko'rsatishga harakat qilib ko'radi.

Sport24.ru xabariga ko'ra, rostovliklar o'yinni qayta o'tkazish uchun harakat qiladi.

Avvalroq, "Rostov"da koronavirus infekciyasining 6 ta holati qayd etilgan va jamoa karantinga olingandi. "Sochi"ga qarshi 2001-2004 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'ynab, 1:10 hisobida yutqazishgandi. 

Shu bilan birga, Metaratings.ru saytining xabariga ko'ra, o'yinni qayta o'ynash imkoniyati yo'q, chunki RFIdagi manbaning so'zlariga ko'ra, o'yin barcha qoidalarga muvofiq o'tkazilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sport24.ru