“Rostov” Belarus TJ futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
2 sen 2020
“Dinamo” (Brest) himoyachisi Aleksandr Pavlovec 2021 yilning yanvarida “Rostov” a'zosiga aylanadi, deya xabar bermoqda donliklar matbuot xizmati.

“Belarus milliy jamoasining 24 yoshli himoyachisi klubimiz bilan shartnoma imzoladi, kelishuv futbolchining “Dinamo” (Brest) bilan tuzgan bitimi yakunlanganidan so'ng kuchga kiradi. Pavlovec faoliyatini BATEda boshlab, keyin “Torpedo-BelAZ”ga ko'chib o'tgan. 2019 yil “Dinamo” (Brest)ga a'zosiga aylandi va Belarus chempioni bo'ldi. Aleksandrni “Rostov” qarorgohida kutamiz!”, deya yozilgan “Rostov” xabarida.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/rostovfc