Rossiyaning olti karra chempioni faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkin

Khoja
25 iyul 2025
Ma'lumotlarga qaraganda, "Navbahor" Rossiyada xizmat ko'rsatgan sport ustasiga qiziqmoqda.

Gap mamlakatning 6 karra chempioni, "Zenit" hujumkor yarim himoyachisi Aleksandr Eroxin haqida bormoqda. Ayni paytda 35 yoshli xavbek bilan muzokaralar ketmoqda.

Tajribali futbolchi o'tgan mavsum peterburgliklar safida 30 o'yinda qatnashib, 5 ta gol urgan va 3 ta golli pas uzatgan. Transfermarkt portali uni 250 ming evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia