Rossiyalik mutaxassis Toshkent viloyati murabbiylariga maruza o'qidi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2018
Toshkent viloyatida futbolning rivoji uchun keng ko'lamda ish olib borayotgan associaciya yana bir xayrli ishga qo'l urdi.

Viloyatda faoliyat yuritayotgan murabbiylarning salohiyatini yanada oshirish maqsadida yurtimizga rossiyalik mutaxassis taklif qilindi. Kuni kecha Olmaliq shahrida Rossiyaning AGRO firmasi yetakchi mutaxassisi Sergeev Sergey Alekseevich Sportchilarda stress jarayonnini boshqarish va fizik holatini yaxshilash mavzusida tumandagi murabbiylarga maruza o'qidi. Seminarda shifokorlar, futbol, boks, kurash va tennis murabbiylari ishtirok etdi.

Rossiyalik mutaxassisning yurtimizdagi safari davom etadi. Bugun Qibrayda Bekobodning Metallurg jamoasi a'zolariga seminar o'tkazgan Sergeev Sergey Alekseevich (bu haqda keyinroq batafsil ma'lumot beramiz) ertaga Qashqadaryoda, indinga Jizzaxda maruza qiladi.

Aslida Toshkent viloyati futbol associaciyasining tashabbusi bilan yurtimizga taklif qilingan mutaxassis viloyatlarga ham safar uyushtiradigan bo'ldi. Bu tabiiyki, viloyat futbol associaciyalarining qiziqishi, taklifiga ko'ra amalga oshirilmoqda.

Aytish kerak, rossiyalik mutaxassisning yurtimizga kelib ketish xarajatlari Toshkent viloyati futbol associaciyasi hisobidan amalga oshirilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia