Rossiya terma jamoasiga chaqirilgan qirg'izistonlikka "Arsenal" qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
15 noya 2018
SSKA yarim himoyachisi Ilzat Axmetov Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz klubi skautlari SSKA hamda "Roma" o'rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvi (1:2) va RPLning 14-tur o'yinlaridan o'rin olgan SSKA - "Zenit" bahsini stadiondan kuzatishdi. 20 yoshli futbolchi ikkala o'yinda ham golli pas berdi.

"Roma"ga qarshi bahsdan so'ng futbolchida jarohat borligi aniqlandi. Oldinroq, Axmetov ilk marta Rossiya terma jamoasiga chaqirilgani, Qirg'iziston futbol federatsiyasi esa milliy jamoa taklifini rad etgani uchun futbolchidan xafa ekanligi e'lon qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, Ilzat Axmetov 1997 yil 31 dekabr kuni Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida tug'ilgan.

Axmetov: "Terma jamoadan chaqiruv olganimni bilganimda ishonmadim"

Qirg'iziston futbol federatsiyasi: "Biz xafamiz"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ClubCall