Rossiya Kubogi. “Spartak” va “Tambov”ning 1/8 finaldagi raqiblari ma'lum

Eldor Akmurzayev
10 noya 2020
Bugun Rossiya Kubogining nim chorak finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, Oston O'runov harakat qilayotgan "Spartak" ushbu bosqichda “Dinamo” (Moskva) bilan bahslashadi. Jasur Jaloliddinov o'ynayotgan “Tambov” esa “Lokomotiv” bilan to'qnash keladi.

“Dinamo” – “Spartak”

“Lokomotiv” – “Tambov”

“Krasnodar” – “Sochi”

“Zenit” – “Arsenal”

SSKA – “SKA Xabarovsk”

“Rostov” – “Axmat”

“Ufa" – “Ural”

“Ximki” – “Krilya Sovetov”

Eslatib o'tamiz, 1/8 final bahslari 20-21 fevralda bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru