Rossiya klubi "Borussiya D" forvardining transferi uchun 20 mln. evro sarflmoqchi

Eldor Akmurzayev
29 iyul 2019
Borussiya D hujumchisi Maksimilian Filipp katta ehtimol bilan Rossiyaga ko'chib o'tadi, deya xabar qiladi Germaniya nashrlaridan biri.

Manbaga ko'ra, futbolchi bilan Moskvaning Dinamosi muzokaralar o'tkazmoqda. Moskvaliklar uning transferi uchun 20 mln. evro ajratmoqchi va kelishuv yaqin orada amalga oshishi kutilmoqda. 

Shuningdek, 25 yoshli forvard arilarning mavsumoldi yig'inlarida qatnashmayotgani haqida xabarlar bor. 

Eslatib o'tamiz, germaniyalik forvard o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 23 bahsda qatnashib, 2+3 ko'rsatkichni qayd etdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: kicker.de