Rossiya - Fransiya o'yini bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2018
Rossiya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bir daqiqalik sukut bilan boshlanishi ma'lum qilindi.

Futbolchilar, murabbiylar shtabi va stadionga yig'ilganlar Kemerovoda yuz bergan yog'in oqibatida halok bo'lgan insonlar ruhiga hurmat bajo keltirishadi. 

So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, shahardagi savdo markazlarining birida yuzaga kelgan yong'in natijasida 64 nafar kishi vafot etgan. Yana 16 kishi haqida hech qanday ma'lumot yo'q. Bugun, 27 mart kuni o'tkaziladigan o'rtoqlik uchrashuvida mezbonlar qora bog'ich taqqan holda maydonga tushishadi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: