Rossiya chempionati. “Anji”da g'alaba, Afonin 90 daqiqa to'p tepdi

Rossiya chempionatining 8-turida hamyurtimiz Vadim Afonini to'p tepayotgan Mahachqalaning “Anji” klubi o'z maydonida “Ufa”ni kichik hisobda taslim etdi.

Bellashuvning 18-daqiqasida Leskano tomonidan kiritilgan gol Afonnin jamoadoshlariga muhim uch ochkoni keltirdi. Hamyurtimiz esa mazkur bellashuvda to'liq ikki bo'lim harakat qildi.

Premer-liga

8- tur

Anji – Ufa 1:0 (1:0, 0:0)

Gol:1:0 – 18 Leskano.

Anji – Budakov, Bryzgalov, Poluyaxtov, Musalov, Armash, AFONIN, Danchenko (Xubulov, 80), Tetrashvili, Leskano, Dolgov (Bazelyuk, 68), Markelov (Yakovlev, 57).

Ufa –Belenov, Tabidze (Abdulavov, 46), Alikin, Yokich, Jivoglyadov, Paurevich, Stockiy, Zaseev, Vanek (Krotov, 75), Igboun, Fatai (Sisuev, 63).

Ogohlantirish:Yokich (45), Markelov (51), Sysuev (69), Leskano (90).



Manba: championat.asia