Rossiya Bruney bilan o'rtoqlik o'yini uchun qancha to'lagan?

Aslanov Jasurbek
16 noya 2024, 16:56
Bruney futbol federatsiyasidagilar Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini uchun ruslar taxminan qancha mablag' sarflaganini aytdi.

Bruney futbol federatsiyasi prezidenti Feysal Yusoffning takidlashicha, RFI ikki jamoa o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini uchun barcha xarajatlarni o'z bo'yniga olgan, "yo'lkira"ga esa 100 ming dollardan ortiq mablag' ketgan.

"Yo'l uchun barcha xarajatlarga RFI (Rossiya futbol ittifoqi) to'ladi. Bu juda katta mablag', ammo aniq ayta olmayman. 100 ming dollardan ko'proq.

Delegaciyamiz 40 kishidan iborat edi. Mehmonxona, ovqatlanish, ko'chib o'tishlar. Bundan tashqari, bizning federatsiya Rossiyaga qarshi o'yin uchun mukofot puli ham olgan" - dedi Yusoff.

Eslatib o'tamiz, Rossiya - Bruney uchrashuvi 11:0 hisobida yakun topdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Р-Спорт»