

Mazkur o'yin mezbonlar foydasiga (3:1) yakunlandi. O'zbekistonlik futbolchilar Vadim Afonin 77-daqiqada “Orenburg” safida zaxiradan maydonga tushirilgan bo'lsa, Vitaliy Denisov esa samaraliklar tarkibida uchrashuvni to'liq o'tkazdi.
Qayd etish jozki, Afonin jamoasi musobaqa jadvalida 29 ochko bilan 8 o'rinda joylashgan. Denisov harakat qilayotgan “Krylya Sovetov” 21 turdan so'ng 24 ochko bilan chempionatning 11-pog'onasini egallab turibdi.



