

O'yindagi yagona gol 26 yoshli Ross Barkli tomonidan 90-daqiqada kiritildi. “Chelsi”dan ijara olingan Barkli “Aston Villa” safida APLdagi 2 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Qayd etish joiz, Barkli “Chelsi” safida bu ishni APLning 42 ta o'yinida amalga oshirgandi.



