

Bu uchrashuvda u birinchi marta jamoani uy stadionida boshqaradi. O'yin 14 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
"Kubok yarim finalida "Arsenal"ga qarshi birinchi uy o'yini - bu men yashayotgan va ko'p mehnat qilgan ishning mazmunidir. Bilaman, meni yosh murabbiy deb hisoblashadi, o'z yo'lim haqida ko'p gapirmoqchi emasman, lekin bu men sevib qiladigan ish, bu men doimo orzu qilgan narsa - bunday nufuzli klubda ishlash.
Shuning uchun, ha, bu ajoyib kecha bo'ladi, ammo murabbiylik ishida gap faqat shaxsiyatingda emas. Murabbiylik - bu boshqalarga xizmat qilish, shu bois nafaqat ushbu uchrashuvni, balki oldinda ko'plab ajoyib kunlarni intiqlik bilan kutmoqdaman," - deya Rosenorning so'zlarini keltiradi "Chelsi"ning rasmiy sayti.



