Roppa-rosa 9 oy o'tib, O'zbekiston MTJ ketma-ket 2ta rasmiy o'yinda zafar quchdi

Eldor Akmurzayev
15 okt 2019, 22:35
JCH-2022 saralashidan o'rin olgan Singapur – O'zbekiston bahsida mehmonlar 3:1 natijasi bilan g'alaba qozondi.

O'zbekiston avvalgi turda Yamanni tor-mor (5:0) etgandi. Shu tariqa, Vadim Abramov shogirdlari ketma-ket ikkita rasmiy bahsda muvaffaqiyat qozonishdi va 9 oy avvalgi natijani takrorlashdi. 

Eslatib o'tamiz, oldingi bu kabi natija yanvar oyida o'tkazilgan Osiyo Kubogi-2019ning 1 va 2 turlarida ro'y bergandi. O'shanda Ektor Kuper boshqaruvidagi milliy jamoa Ummon (2:1) hamda Turkmaniston (4:0) termalarini taslim qilgan. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia