Ronni Deyl: "Bizga yana bir imkoniyat berildi va endi tayyorgarlik bilan muammo bo'lmaydi"

Narzulla Saydullayev
9 avg 2014
"Seltik" murabbiyi Ronni Deyl Chempionlar Ligasi qurasi haqida fikr bildirib o'tdi.
"Tan olishim kerak, buning bari g'alati ("Seltik" "Legiya"ga yutqizgan, ammo raqib diskvalifikaciyasi tufayli keyingi bosqichga chiqdi). "Legiya" bilan bunday bo'lganidan afsusdaman. Ular haqida o'ylash og'riqli, ammo endi biz Chempionlar Ligasidamiz. Men futbol murabbiyiman, shu sababli mening ishim - jamoani "Maribor"ga qarshi o'yinga tayyorlash. Futbolchilar Chempionlar Ligasida o'ynashni xohlashmoqda. Bizga yana imkoniyat berildi va endi tayyorgarlik bilan muammolar bo'lmaydi" - deydi Deyl.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net