Ronalduning "zabastovkasi" Benzema, Kante va En-Nesiri transferlarini to'xtatib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
2 fev 2026, 23:35
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni suveren fondi (PIF) siyosatiga qarshi noroziligi bir yo'la bir nechta yirik transferlarga to'sqinlik qilmoqda.

"L’Équipe" nashrining yozishicha, portugaliyalik yulduz PIF tomonidan boshqariladigan klublar, xususan, "Al Hilol"ga nisbatan ko'rsatilayotgan e'tibor va moliyaviy imkoniyatlardan norozi. Shuningdek, u Karim Benzemaning "Al Hilol"ga o'tishi raqobatga zarar etkazishini ta'kidlab, bunga qarshi chiqmoqda. Shu sababdan Ronaldu "Er-Riyad"ga qarshi bahsda maydonga tushishdan bosh tortdi.

Bu vaziyat qanday zanjirli reakciyaga sabab bo'ldi?

- Benzema kutmoqda: Karim "Al Hilol" bilan kelishuvga erishgan bo'lsa-da, Ronalduning bosimi tufayli transfer hali amalga oshmayapti.

- Kantening yo'li yopiq: Ngolo Kantening "Al Ittihod"dan "Fenerbaxche"ga o'tishi deyarli hal bo'lgan, ammo klub avval Benzemaning ketishini kutmoqda.

- En-Nesiri masalasi: Marokashlik hujumchi Kantening o'rniga "Al Ittihod"ga kelishi kerak, biroq yuqoridagi sabablarga ko'ra bu transfer ham to'xtab qolgan.

Ronaldu PIF'dan "Al Nasr" uchun rejalashtirilmagan qo'shimcha moliyaviy mablag' talab qilishda davom etmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe