Ronalduning onasi: "Krishtianuni "Sporting"ga qaytish uchun ko'ndirishga urinib ko'raman"

Alisher
13 may 2021
Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabonning "Sporting" klubiga qaytishi mumkin.

36 yoshli futbolchining onasi Doloresh Aveyru bu borada o'g'li bilan gaplashishini aytdi.

"Men Krishtianu bilan gaplashaman va uni "Sporting"ga qaytishga ko'ndirib ko'raman", - deydi Aveyru.

Ronaldu Lissabon klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Sporting"ning birinchi jamoasida 2002-2003 yillarda o'ynagan.

Krishtianu ayni damda "Yuventus"da o'ynamoqda. "Keksa sinora" va portugaliyalik futbolchi o'rtasidagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia