Ronalduning Jorjina haqidagi posti Instagramdagi sportchilar orasida eng ko'p "layk" to'pladi. Ilgari bu rekord Messiga tegishli edi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2021
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning posti Instagram tarixidagi sportchilar orasida eng mashhuri bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, portugaliyalik forvard va uning sevgilisi Jorjina Rodriges egizak farzand kutmoqda. Yangilik e'lon qilingach, ushbu post 27 milliondan ortiq "layk"ga ega bo'ldi.

Instagramda sportchilarning postiga "layk" bosish bo'yicha avvalgi rekord PSJga yaqinda kelib qo'shilgan hujumchi Lionel Messining oilasi qurshovida parijliklar libosda suratga tushgan postga tegishli edi. Ushbu postga 22 million "layk" bosilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Notjustok