Ronalduga "Manchester Yunayted"dan qiziqarli taklif bo'ldi

Mirjalol Normatov
25 mar 2018
Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana Manchesterga qaytishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi hali o'z kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmadi. So'nggi vaqtlarda u sayyoraning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi bo'lishni istamoqda. Shu boisdan Krishtianu rahbariyat bilan munozaralarga bormoqda.

Ispaniya matbuoti xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" o'z sobiq futbolchisini yana qaytarib olish uchun taklif jo'natgan va unga dunyodagi eng ko'p maosh to'lashga tayyorligini bildirishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun