Ronaldu: "Zidan mening eng yaxshi murabbiyim deyish qiyin"

Aslanov Jasurbek
22 may 2017, 14:47
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanni maqtadi.

"Zidan mening eng yaxshi murabbiyim deyish qiyin. Solishtirishni istamayman. U ajoyib ishladi. Zidan doimo futbolchi va xodimlar bilan aqlli ish tutadi. Murabbiy sifatida u o'rganishda davom etayotganini aytgan. Undan futbolchi sifatida hayratlangan bo'lsam, endi murabbiy sifatida hayratlanyapman" - deydi Ronaldu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS