Ronaldu zaxiraga olinganidan norozi bo'ldi va o'yin yakunlanmasidan stadionni tark etdi

Оқил Абдубарноев
31 iyul 2022
Krishtianu Ronaldu may oyidan beri ilk bor yakshanba kuni "Manchester Yunayted" safida o'ynadi.

Portugaliyalik hujumchi "Rayo Valekano"ga qarshi o'rtoqlik bahsida (1:1) bir taym o'ynadi. Qizig'i shundaki, Ronaldu o'yin tugashidan oldin "Old Trafford"ni tark etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda turli ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" joriy mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etmaydi. Shu sababdan Krishtianu Ronaldu yoz oxirigacha boshqa jamoaga o'tishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi. Portugaliyalik forvardning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Manchester Evening News