"Ronaldu zaxirada bo'lsa, Portugaliya terma jamoasi yaxshi o'ynaydi"

Khoja
15 yanv 2024
Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Mario Balotelli Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Ronaldu barcha chiziqda, barcha chempionatda ajoyib o'yin ko'rsatgan. U istalgan jamoaga to'g'ri tushadi. Biroq u zaxirada qolsa, Portugaliya terma jamoasi yaxshi harakat qiladi. Messi keyingi jahon chempionatida ishtirok eta oladimi? Menimcha u 2026 yilgi JCHda ham termasi bilan birga bo'ladi",-dedi Mario.

Ayni vaqtda Balotelli "Adana Demirspor" jamoasida harakat qilmoqda. Uning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com