Ronaldu va Transfermarkt o'rtasida kelishmovchilik

Alisher
3 mar 2020
"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "Instagram"da Transfermarktni blokladi.

35 yoshli portugaliyalik futbolchiga uning saytdagi narxi yoqmagan.

Bundan oldinroq, saytimizda Jorje Mendeshning mijozlaridan tuzilgan ramziy jamoani taqdim etgan edik. Transfermarkt Krishtianudan boshqa hammaga teg qo'ygan edi.

"Biz Ronalduni teg qila olmasdik, sababi u saytdagi narxini ko'rgandan so'ng bizni qora ro'yxatga qo'shib qo'ygan. Krishtianu bizga narxi yoqmayotgani haqida xabar berdi", - deb yozadi Transfermarkt izohlarda.

Qayd etish kerakki, resurs hujumchini 75 million evroga baholagan.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia