Ronaldu Saudiya Arabistoni ligasidagi so'nggi 5ta o'yinda 3ta xet-trik qayd etdi

Alisher
5 may 2024, 00:51
Krishtianu Ronaldu "Al Vehda" bilan o'yinda xet-trik qayd etdi.

"Al Nassr" forvardi Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turi doirasidagi o'yinning 5, 12 va 52-daqiqalarida to'p kiritdi.

39 yoshli forvard ligadagi so'nggi beshta o'yinda uchta xet-trik qayd etdi. U shuningdek 30 martda "Al Tai" va 2 aprel kuni "Abxe" darvozalariga uchtadan gol urdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia